Anchelotti: Braziliyadan keyin faqat bitta jamoani qabul qilaman

  • 14 sentabr, 17:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlayotgan italiyalik tajribali mutaxassis Karlo Anchelotti kelajakda faqat bir klubda ishlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Tecno

- Braziliya milliy terma jamoasidan keyin men faqat bir jamoani shug‘ullantirishga rozi bo‘laman va bu “Real” bo‘ladi, - dedi Karlo Anchelotti.

66 yoshli mutaxassis professional faoliyati davomida ikki marotaba “Real” bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. Anchelotti 2013-2015 va 2021-2025 yillar davomida Madrid klubini muvaffaqiyatli boshqargan.

“Qirollik klubi” futbolchilari Anchelotti qo‘l ostida uch marotabadan Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, ikki martadan Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!