Anchelotti Braziliya JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini va futbolchilarning o‘yini haqida gapirdi
Karlo Anchelotti Braziliyaning 2026 yilgi Jahon Chempionatiga yo‘l olganini baholadi va o‘z futbolchilarini maqtadi. Braziliya saralash bosqichida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon Chempionatida ishtirok etishni kafolatladi.
Sentabrgacha bo‘lgan rejasi haqida:
"Avvalo, uy topishim kerak. Keyin esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga boraman.
Yana shuni aytishim kerakki, butun dunyoga tarqalgan juda katta futbolchilar ro‘yxatimiz bor: Braziliyada, Evropada, Arab mamlakatlarida o‘ynayotganlar. Taxminan 70 ga yaqin futbolchi bor. Har birini tahlil qilishga vaqti bo‘ladi. Endi 25-26 nafar aniq tarkib degan narsa yo‘q — hali hammasi ochiq."
Gol o‘tkazib yubormaslik haqida:
"Men italyanman (kuladi). Biz ilk ikki o‘yinda gol o‘tkazmadik, chunki himoyada yaxshi harakat qildik. Yarim himoyachilar katta ish qildi, masalan, Kazemiro. Men bundan xursandman. Va, albatta, jahon chempionatiga chiqqanimizdan ham."
Vinisius haqida:
"Bugun u qilgan ishlari bizga juda yoqdi, u juda yaxshi o‘ynadi. Vini o‘z o‘yinini ko‘rsatishga hech nima to‘sqinlik qilmaydi."
Kazemiro haqida:
"Kazemiro — jamoa uchun ishonch garovi. Uning etakchilik fazilatlari juda kuchli. U — lider. Xuddi Danilo, Markinos, Alisson kabi... Men endi Rafinyani aytmay qo‘ya qolay. Aks holda barcha futbolchilarning ismini tilga olishim kerak bo‘ladi. Hammasi zo‘r harakat qildi. Bizda kiyinish xonasida muammo bo‘lmadi. Hammasi juda yaxshi o‘tdi."
Neymar haqida:
"Biz mehmonxonada ko‘rishdik va quchoqlashdik. U formaga kirganida istalgan joyda o‘ynashi mumkin. Bugun u Kunyaga o‘xshab "o‘ninchi raqam" pozitsiyasida o‘ynashi mumkin edi. Neymar o‘sha pozitsiyada juda xavfli."
Neymar va Rodrigo asosiy tarkibda o‘ynashi haqida:
"Bugun biz to‘rtta hujumchi bilan o‘ynadik, lekin jamoa muvozanatli bo‘ldi. Hujumda ikki, uch yoki to‘rt kishi bilan o‘ynash muammo emas. Muhimi, barcha o‘yinchilar harakat qilsin va o‘zlarini jamoa uchun ayamasin. Rodrigo buni ko‘p marta ko‘rsatgan. Neymar ham buni bemalol bajara oladi."
Rafinya haqida:
"Rafinya — zamonaviy yorqin futbolchi, unda ajoyib texnik mahorat va a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik uyg‘unlashgan", — dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi.



Fikrlar