Anchelotti: Biz doim 4-3-3 sxemasida o‘ynashga harakat qilamiz

  • 21 avgust, 2022, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Selta"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ushbu bahsda uning jamoasi yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

"Modrich - bizdagi ajoyib etakchi. U o‘yindagi eng muhim golni urdi. Aynan shu gol bizga ustunlik olib keldi. 

"Selta" birinchi bo‘limda ko‘p kuch sarfladi. Ikkinchi taymda esa bizning o‘zgarishlarimiz o‘z so‘zini aytdi va raqibni qiyin ahvolga solib qo‘ya oldi. 

Biz doim 4-3-3 sxemasida o‘ynashga harakat qilamiz. Biroq Valverde vinger emas. U qanday qilib raqib jarima maydoniga yorib kirishni yaxshi biladi. 

Rodrigo o‘ynaganida esa biz 4-3-3 ga to‘liq moslashamiz. Uning zaxiradan tushishi ko‘p narsani o‘zgartira oldi", - dedi italiyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!