
Anchelotti bir o‘yinchining “Real”dagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi
“Real”ni o‘tgan mavsum Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan bosh murabbiy Karlo Anchelotti bir futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘ldi.
Ispaniya matbuotining yozishicha, italiyalik mutaxassis jamoada hujumkor futbolchi Reyner xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari braziliyalik futbolchini 2020 yili Braziliyaning “Flamengo” jamoasidan olib kelgandi. Iqtidorli yarim himoyachi hozirga qadar Bundesligada “Borussiya Dortmund”, La Ligada “Jirona”, A Seriyada “Frozinone” kabi jamoalarda ijarada o‘ynadi.
Yozda 22 yoshli o‘yinchi “Real”ga qaytdi. Endi klub uni to‘liq sotib yuboradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Reynerga Ispaniyaning o‘zidan bir necha klub xaridor bo‘lyapti.
Transfermarkt portali bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan pleymeykerni 3,5 million evroga baholamoqda.
Fikrlar