Anchelotti: Benzemaga o‘rinbosar? Bunday futbolchimiz yo‘q
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karim Benzemani almashtirib bo‘lmas futbolchi, deb biladi.
"Bizda hujumchilar bor. Ular ro‘yxatda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Karim, Mariano, Azar, Asensio, Rodrigo...
Dunyoning eng zo‘r hujumchisi o‘ynay olmasa, bu sizga zarar etkazadi. Ayni vaqtda unga o‘rinbosar topish ilojsiz. Bunday futbolchimiz yo‘q. Biroq bizda muqobil variantlar bor", - dedi "qirollik klubi" bosh murabbiyi.



Fikrlar