Anchelotti: "Atalanta" finalda "Bayer"ni bunchalik ishonchli tarzda mag‘lub etishini hech kim kutmagandi"

  • 10 avgust, 2024, 14:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atalanta"ga qarshi bo‘ladigan UEFA Superkubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Har doimgidek oson bo‘lmaydi, chunki bu mavsum boshlanishi. Ammo biz barcha qiyinchiliklarga qaramay, g‘alaba sari ishonch bilan yondashamiz.

Menimcha, "Atalanta" Evropa Superkubogida o‘ynashga loyiq edi, chunki ular Evropa Ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, "Liverpul" kabi top jamoalarni turnirdan chiqarib yubordi. Ular hatto finalda ham osonlik bilan g‘alaba qozonishdi. Biz bu jamoani juda hurmat qilamiz, lekin umid qilamanki, biz yaxshiroq formada bo‘lamiz.

Menimcha, "Atalanta" finalda "Bayer"ni bunchalik ishonchli mag‘lub etishini hech kim kutmagandi. Aytganimdek, "Atalanta" ajoyib mavsum o‘tkazdi. Bu o‘ziga xos o‘yin uslubiga ega juda xavfli jamoa. "Bayer" "Atalanta" futbolchilarining ulkan sa’y-harakatlari tufayli odatdagi futbolini o‘ynay olmadi.

Biz Jan Pero Gasperini bilan yaxshi munosabatdamiz va do‘stmiz. Bizning do‘stligimiz "Yuventus"da boshlangan. "Atalanta" Gasperini tufayli Evropada barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda va u kelganidan beri ular Italiyada ham yaxshi ishlamoqda. U ajoyib ish qildi va buni davom ettirmokda", - dedi "qirollik klubi" ustozi. 

Eslatib o‘tamiz, Evropa Superkubogi 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!