
Anchelotti "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Arsenal" ustidan qozonilgan (2:1) g‘alabadan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Biz Londonning ikki jamoasiga qarshi yaxshi o‘yinlarni o‘tkazdik. Ajoyib natijalar.
Mavsumni yaxshi boshladik, keyinchalik qiyin davrlar bo‘ldi, biroq hozir men hamma narsadan mamnunman. Biz standartlar bo‘yicha juda yaxshi ishlayapmiz, shuning uchun ko‘p gol uryapmiz.
Mavsumni yaxshi boshladik, keyinchalik qiyin davrlar bo‘ldi, biroq hozir men hamma narsadan mamnunman. Biz standartlar bo‘yicha juda yaxshi ishlayapmiz, shuning uchun ko‘p gol uryapmiz.
Turnir jadvalidagi o‘rnimiz yaxshi, lekin bu mavsum oxiri emas. Kurashishda davom etishimiz kerak", -dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar