
Anchelotti alamli mag‘lubiyat sababini aytdi
Ispaniya chempionati peshqadami “Real” musobaqa autsayderlaridan biri “Espanol” maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi.
Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kutilmagan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.
- Bu uchrashuv juda qiyin o‘tdi. Ayrim jihatlarda biz ustunlik qildik. Masalan, o‘yinda nazoratni ulab turdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda juda ko‘p vaziyatlar yaratdik.
Biroq urgan golimiz hisobga olinmadi, bir zarba ustunga tegib qaytdi, raqib darvozasiga kamida 20 ta zarba yo‘lladik.
O‘yin bizning nazoratimizda o‘tganiga qaramay, “Espanol” juda yaxshi o‘ynadi. Bizni nozik pallada tutib oldi va to‘p kiritdi. Bu ular yutishda juda qattiq istagan o‘yin edi, - dedi Karlo Anchelotti.
Mag‘lubiyatga qaramay, “Qirollik klubi” futbolchilari musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishni davom ettirmoqda.
Fikrlar