Anchelotti 10 yil oldin "Bavariya" tor-mor etilgan o‘yin haqida gapirdi

  • 30 aprel, 2024, 04:17
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti 2014 yilda Chempionlar ligasining 1/2 finalida "Bavariya" bilan bo‘lgan o‘yinni esladi. 

2013/14 yilgi mavsumda "Real" Chempionlar ligasi 1/2 finalining ikkinchi o‘yinida "Bavariya"ni mehmonda 4:0 hisobida mag‘lub etgan (umumiy 5:0). O‘sha bellashuvda Ramos va Ronaldu dubl muallifiga aylangan. 

- O‘n yil oldingi o‘sha 4:0 hisobi sizga o‘yin oldidan qanchalik motivatsiya beryapti? 

- Shubhasiz, bu yaxshi xotira. Biroq ertaga butunlay boshqa o‘yin bo‘ladi. Biz ishonch bilan bu uchrashuvga qadam qo‘yyapmiz. Shunday bo‘lsada, raqib juda kuchli va yuqori mahoratli futbolchilarga ega. Men yana finalga olib boradigan yarim final bosqichida o‘ynayotganimizdan xursandman. Ammo unutmangki, hal qiluvchi bellashuvga qadar 180 daqiqalik yo‘l bor.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
30/04/2024 10:01
Браво Карло