
Anchelotti, Klopp, Rojers va Smit. APLda oyning eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi?
Angliya premer-ligasi rasmiy saytida musobaqaning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qilindi.
Ushbu sovrin uchun Karlo Anchelotti (“Everton” 3 ta o‘yin, 9 ochko), Yurgen Klopp ("Liverpul", 3 ta o‘yin, 9 ochko), Brendan Rojers ("Lester", 3 ta o‘yin, 9 ochko) va Din Smit ("Aston Villa", 2 ta o‘yin, 6 ochko) o‘zaro raqobatlashadi.
G‘olib APL saytida o‘tkaziladigan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar