
Anapadagi turnirida ishtirok etadigan bokschilarimiz bilan tanishing!
Bokschilarimiz Anapadagi xotira turnirida ishtirok etishadi. 21-25 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida boks bo‘yicha "Nikolay Pavlyukov xotira turniri" o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh bokschilar ham ishtirok etishadi. Vakillarimiz quyidagi tarkibda Anapaga yo‘l olishdi:
-63,5 kg: Dalerjon Bozorov
-67 kg: Shahboz Yunusaliev
-71 kg: Kamronbek Shukurjonov
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-92 kg: Abdulla Rajabov
Murabbiy: Adiz Sharipov Hamyurtimiz Valixan Anashov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar