Ana xolos: Xolandning agentlari unga boshqa jamoa tanladi

  • 3 fevral, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning agentlari hujumchiga boshqa jamoa tanladi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchining menejerlari Xoland faoliyatini “Real”da davom ettirishi kerak, degan qarorga keldi.

Avvalroq, futbolchining o‘zi ham katta muvaffaqiyatlarga erishish va individual sovrinlarga ega bo‘lish uchun “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga moyilligini bildirgandi.

“Real” rahbariyati ham Xolandni olishni rejalashtirib qo‘yganiga ancha bo‘lgan. Ayni paytda madridliklar Kilian Mbappe transferi bo‘yicha ish olib bormoqda. Biroq, “Real” rahbariyati yaqin kelajakda Xolandni ham o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!