
Ana xolos! “Siti” o‘yinchisi 15 ta klubdan taklif oldi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kelvin Fillipsning bozori qaynay boshladi. Taniqli jurnalist Harri Vintersning ta’kidlashicha, “shaharliklar”ga bu futbolchi bo‘yicha taklif tusha boshladi.
Hozir Evropaning 15 ta jamoasi Fillipsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ularning aksariyati “Siti”ga o‘z taklifini yo‘llab bo‘lgan.
Xaridorlar orasida “Bavariya”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel angliyalik o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Kelvin bir yil muqaddam 50 million evro evaziga “Lids”dan “Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining o‘zi klubda qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashishni istayapti.
Fikrlar