
Ana xolos: Shomurodov 342 kun kutgan ish 7 daqiqada hal bo‘ldi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng zo‘r to‘purari va sardori Eldor Shomurodovning nomi, nihoyat Italiyada yana baralla yangray boshladi.
A Seriyaning 28-turida “Kalyari” futbolchilari o‘z maydonida “Salernitana”ni qabul qildi. Har ikki jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgani bois, ularning o‘zaro to‘qnashuvi ham ancha keskin va murosasiz o‘tdi.
O‘yinning ikkinchi yarmi boshlanishida maydonga tushgan Eldor Shomurodov nihoyat joriy mavsumadagi gollari hisobini ochdi. Legionerimizning dubli sardiniyaliklarga 4:2 hisobida g‘alaba keltirib, “Kalyari”ni bir necha pog‘ona yuqori ko‘tardi va xavfli hududdan uzoqlashtirdi.
Bu uchrashuv doirasiga doir bir necha qiziqarli holat yuzaga keldi. Eldor Shomurodov A Seriyadagi so‘nggi golini 2023 yilning 2 aprelida aynan “Salernitana” jamoasi darvozasiga urgan edi. O‘shanda ham salernoliklar darvozasini Meksika terma jamoasi posboni Gilermo Ochoa qo‘riqlagan.
Yana bir ma’lumot – “Salernitana” qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodovni transfer qilishga uringan edi. Bunga “Roma” ham, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istagan o‘zbek futbolchisi ham rozilik bergan. Biroq Kluadio Raneri Shomurodov jamoaga yordam berishidan umidvor bo‘lib, bu transferga ko‘nmagan edi.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar Eldor Shomurodovni o‘yin qahramoni sifatida tan olib, quyidagi ma’lumotlarni chop etdi.
GAZZETTA DELLO SPORT:
Eldor Shomurodov qaytdi. “Kalyari” hujumchisi dubl qayd etib, “Salernitana” ustidan qozonilgan muhim g‘alabaka katta hissa qo‘shdi. Eldor navbatdagi golini 342 kun kutdi va birdaniga ikkita to‘p kiritdi.
TUTTOSPORT:
Eldor Shomurodov aqlli o‘yin ko‘rsatdi va “Salernitana”ni mag‘lub etdi. O‘zbek hujuchisi qaytdi. Bu orzular ro‘yobi bo‘ldi, hatto u Atstsining harakatlaridan keyin xet-trik qayd etishi mumkin edi. Biroq bu gal Gilermo Ochoa to‘pni qaytarib qoldi.
TUTTOMERCATOWEB.COM:
Bu Shomurodovning Italiyaga kelganidan buyon eng yaxshi o‘yini bo‘ldi, deyish mumkin. U to‘pni egallab raqib darvozasiga xavf soldi, to‘pni ushlab qoldi, qo‘rquvni yo‘qqa chiqardi. Umuman olganda, hammasini aynan Eldor hal qildi.
Haqiqiy O‘ZBEKChA ShOU!
Klaudio Raneri jarohat olgan Gaetano o‘rniga ikkinchi bo‘limda Eldor Shomurodovni maydona tushirishga qaror qildi. O‘zbekka uzoq tanaffasdan keyn yana gol urishi uchun etti daqiqa kifoya qildi. Uch to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan “Kalyari” bo‘shashib qoldi va raqib ikkita javob to‘pini kiritdi.
Yakuniy hisobni o‘rnatish Eldorning chekiga tushdi. G‘alabadan so‘ng “Kalyari” joriy chempionatda birinchi bor xavfli hududdan uzoqlashdi.
Fikrlar