Ana xolos: Serxio Ramos Afrikadan ish topdi

  • 28 sentabr, 2024, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolining eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan Serxio Ramos o‘ziga hamon ish qidirmoqda. Ispaniyalik markaziy himoyachi Afrika tomonlarga otlandi.

Tecno

Ramos yozda “Sevilya”dan ketganidan keyin Evropadan o‘ziga munosib klub topa olmadi. Keyin Amerika qit’asining bir necha klublari bilan muzokara olib bordi. Hamkorlik borasida bir to‘xtamga kela olishmadi.

Endi Ramos Afrikaga ketmoqchi. KingFut nashrining ma’lum qilishicha, ispan futbolchisi Misrning “Zamalek” klubi bilan muzokara o‘tkazyapti.

Bu ma’lumotlarni futbolchining agenti Omar Zaluuk ham tasdiqladi.

Agentning ta’kidlashicha, Qohiraning mashhur klubi Ramosga shartnoma taklif qilgan. Ayni paytda tomonlar hamkorlikning barcha bandlarini kelishib olish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.

“Zamalek” mashhur yulduzdan talab qilinayotgan maosh miqdorini pasaytirishni so‘ragan. Agar Ramos bunga ko‘nsa, transfer rasmiylashtiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!