
Ana xolos! "Real"ning yana ikki futbolchisi safdan chiqdi
Xabaringiz bor, bir necha soat oldin "Real Madrid" futbolchilari Ryudiger va Rodrigo jarohat sabab, 2 va 1 oy davomida jamoaga yordam bera olmasliklari ma’lum bo‘ldi.
"Relevo" nashri esa hozirgina Dani Sebalos va Ferlan Mendi ham bo‘lajak uchrashuvda ishtirok eta olmasligi haqida xabarlar tarqatmoqda. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachi chap to‘pig‘ida og‘riq his etmoqda. Frantsiyalik fulbek esa "Barselona"ga qarshi bellashuvning dastlabki bo‘limidayoq jarohat olib, zaxiraga olingan edi.
Bundan tashqari, bir necha daqiqa oldin Ryudiger operatsiya qilindi va 2 oyni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Rodrigo ham o‘zini noqulay his qilayotgani sabab, 1 oy jamoaga yordam bera olmaydi.
Fikrlar