
Ana xolos! "Real"ni 9 nafar futbolchi tark etadi
"Real" tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Bu haqda "Sport.es" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" yuqori maosh oladigan va murabbiy rejalariga kirmayotgan futbolchilar bilan xayrlashadi. Madridliklar Eden Azar, Luka Yovich, Marselo, Iskoga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.
Qolaversa, jamoani Andrey Lunin, Mariano Dias va Dani Sebalos ham tark etishi kutilmoqda. Garet Beyl esa erkin agent maqomida "qaymoqranglilar" bilan xayrlashadi.
Kutilmagan qarorlardan biri yozda transfer qilingan Euardo Kamavinga ham o‘ziga yangi jamoa qidirishi mumkin.
Fikrlar