Ana xolos: “Real” hakamlarni sotib olishda ayblandi

  • 3 oktabr, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya milliy politsiyasining sobiq komissari Xose Manuel Vilyarexo “Real” hakamlarni sotib olish amaliyotini “Barselona”dan ancha oldin boshlaganligini ta’kidladi.

Tecno

- “Real” tomonidan hakamlarni sotib olish “Negreyra ishi”dan oldin boshlangan. O‘sha paytda Florentino Peresni ayblash o‘zini o‘zi o‘ldirish bilan barobar edi.

Florentino Peres bilan aloqadar sud ishlarini olib borishning imkoni yo‘q, u tegib bo‘lmaydigan shaxs, - dedi Xose Manuel Vilyarexo “Rac1” radiostantsiyasiga bergan intervyusida.

Ma’lumki, “Negreyra ishi” 2023 yilning martidan beri devom etmoqda. Unda “Barselona” rahbariyati Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyraga 2001-2018 yillar davomida maxfiy tarzda pul o‘tkazib kelgani aytiladi.

Ushbu noqonuniy ish bo‘yicha Negreyradan tashqari uning o‘g‘li Xaver, “Barselona”ning sobiq prezidentlari Sandro Rassel va Xosep Bartomeuga ham ayblov e’lon qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!