
Ana xolos! "Real" Azarning taqdimotidan oldin kutilmagan muammoga duch keldi
“Real” Madrid klubi “Chelsi”dan ko‘chib o‘tayotgan vinger Eden Azarning taqdimot marosimidan oldin kutilmagan muammoga duch keldi.
Gap shundaki, hozir “qirollik klubi”da faqatgina 16-raqam bo‘sh. Bu raqam esa deyarli hech qanday tarixiy ahamiyat kasb etmaydi. Azar “Chelsi”da 10-raqam ostida to‘p surib kelmoqda. Bu raqam esa “Real”da Luka Modrichga tegishli.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq madridliklar belgiyalik futbol yulduziga 7-raqamni berishlari haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, ushbu raqam ayni damda Mariano Diasga tegishli.
Fikrlar