Ana xolos! Qatar klubi Xavini iste’foga chiqarishi mumkin

  • 10 noyabr, 2019, 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarning "Al-Sadd" klubi ishqibozlari jamoaning so‘nggi o‘yinlarda qayd etayotgan natijalaridan norozi bo‘lishmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Qatarning amaldagi chempioni oxirgi 2 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va o‘z darvozasidan 7 ta gol o‘tkazib yubordi. Shu bois jamoa muxlislari bosh murabbiy Xavini iste’foga chiqishini talab qilishmoqda. Ular tribunalarda "Xavi out" degan yozuv bilan o‘z istaklarini bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xavi "Al-Sadd"ni joriy yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!