
Ana xolos! PSJ bosh murabbiyi Galte hibsga olindi
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte bugun ertalab hibsga olindi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi. Politsiya Galtening o‘g‘lini ham hibsga oldi.
Frantsiyalik mutaxassisning hibsga olinishi uning Nitstsadagi faoliyati davomida kamsitishda ayblangani bilan bog‘liq. Murabbiy o‘z vaqtida klub direktoriga mahalliy voqelikni inobatga olgan holda jamoada qora tanlilar va musulmonlar ko‘p bo‘lmasligi kerakligini aytgan ekan. Kristoffning o‘zi bu ayblovlarni rad etdi.
56 yoshli murabbiy hibsga olinganidan keyin so‘roq qilingan. Avvalroq, tergov doirasida "Nitstsa"ning ba’zi vakillari, jumladan, murabbiyni ayblagan sobiq direktor Julien Fune ko‘rsatma bergan edi.
Kristof Galte o‘tgan yozdan beri PSJni boshqarib kelmoqda.
Fikrlar