Ana xolos! PSJ 2 yil ichida 1 marta maydonga tushgan darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

  • 7 iyul, 2022, 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali tajribali darvozabon Aleksandr Letele bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli frantsiyalik futbolchi Parij klubida 2024 yilning yoziga qadar qoladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Letele PSJ safida 2020 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida klub tarkibida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. U shuningdek, "Anje", "Yang Boyz", "Trua", "Sarpsborg" va "Orlean" klublarida ham o‘ynagan. Shveytsariya va Frantsiya chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!