Ana xolos! O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga musobaqalardan chetlashtirildi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasi og‘ir atletikachi Maftuna Ismoilovani divkvalifikatsiya qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, sportchi Maftuna Ismoilovadan (sport turi - og‘ir atletika) 2021 yil noyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasidan taqiqlangan "OXANDROLONE" va "STANOZOLOL" moddalari topilgan.

Shu bois, Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021 yil 23 dekabrdan boshlab, 2025 yil 22 dekabrga qadar 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi",-deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!