Ana xolos! Oston O‘runov koronavirusga yana test topshirdi
Rossiya chempionati qayta tiklanishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalarni koronavirus pandemiyasi chetlab o‘tayotgani yo‘q. Premer-liga vakillari o‘rtasida ham koronavirus bilan zararlangan futbolchilar aniqlanmoqda.
Ayni paytda ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan “Ufa” futbolchilari va xodimlari ikkinchi marotaba koronavirusga test topshirdi. Oston O‘runovning birinchi topshirgan testi manfiy natija bergani haqida habar tarqatilgan edi.
“Ufa” klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu gal ham barcha futbolchilarda koronavirus infektsiyasi va antitanasi yo‘qligi o‘z tasdig‘ini topgan.
Mashg‘ulotlarni davom ettirayotgan “Ufa” rahbariyati futbolchilarni har hafta koronavirus testidan o‘tkazishga qaror qilgan.
Oston O‘runov xavotirlanmasa ham bo‘ladi
O‘runovning kelajagi porloq!
“Ufa” va Oston O‘runov o‘yinini “Manchester Siti” xo‘jayinlari kuzatmoqda



Fikrlar