Ana xolos. O‘runovning “Ural”dan ketishiga janjal sabab bo‘lgan!

  • 27 oktabr, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning sentyabr oyida Ekaterinburgning “Ural” jamoasi bilan 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma imzolagan Oston O‘runov klubni tark etgani haqida rasmiy xabar tarqatilgan edi.

Tecno

Rossiya premer-ligasida ishtirok etayotgan “Ural” murabbiylar shtabi Oston O‘runov xizmatidan atigi uchta uchrashuvda foydalanib, umumiy hisobda 79 daqiqa o‘ynatdi.

90b52abb66521aab04bf71a68d63353f

Endi Oston O‘runov bazo‘r topilgan klubni nega tark etgani sabablari oshkor etildi.

Xorij ommaviy axborot vositalarining yozishicha, O‘runovning jamoadan ketishiga bosh murabbiy Viktor Goncharenko bilan ziddiyatga borgani sabab bo‘lgan.

Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, o‘zbek futbolchisi belaruslik murabbiy bilan “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin mashg‘ulotlarning birida janjallashib qolgan.

Bundan tashqari, Oston O‘runov yangi jamoasida o‘ziga etarlicha imkoniyat berilmaganidan noroziligini bildirgani ham kelishmovchilikka sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.

O‘runov “Ural” jamoasiga o‘tganidan keyin Viktor Goncharenkoni maqtab, uning faoliyatini avvaldan kuzatib borgani, yuqori saviyali mutaxassis sifatida bilishi, u bilan ko‘p suhbatlashayotganini, uning qo‘l ostida shug‘ullanish va o‘ynashdan xursand ekanini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari legionerimiz belaruslik mutaxassisning futbolchilar bilan munosabatini maqtab, bor imkoniyatini ishga solgan holda o‘ynashini bildirgan.

Matbuotda 21 yoshli futbolchining klubdan ketishiga bosh murabbiy bilan ziddiyat sabab bo‘lgani keltirilayotgan bo‘lsa-da, “Ural” prezidenti Grigoriy Ivanov buni boshqacha izohladi.

ivanov

- Shunday bo‘lib qoldi. Balki Ostonni nimadir qoniqtirmagandir. Yoki bizni. O‘zaro kelishdik va shartnomani bekor qildik.

Bilmadim, balki unga kam vaqt berildimikin. Lekin xayrlashish klubning tashabbusi emas. Yaxshilikcha ayrildik. O‘ziga mos joy topishini tilaymiz.

Uzoq muddatli shartnoma haqida so‘rayapsizlar. U yo‘q. Biz dekabrda bitimni bekor qilish huquqiga ega edik. Avval boshdan shunday belgilangan. Lekin futbolchiga o‘yin amaliyoti zarur bo‘lgan pallada dekabrgacha ushlab o‘tirishdan nima foyda?

Shuningdek, hech kim hech kimga badal puli to‘lagani yo‘q, - dedi “Ural” prezidenti Grigoriy Ivanov.

Mutaxassislar endi Oston O‘runov Rossiyadan o‘ziga boshqa jamoa topa olmasligini ta’kidlashmoqda. “Spartak”, “Ufa” va “Ural”dagi faoliyati iste’dodli futbolchi uchun muvaffaqiyatli bo‘lgani yo‘q.

Ko‘pchilik Oston O‘runov O‘zbekistonga qaytishini yoki Saudiya Arabistoni, Qatar va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar klublari taklifini qabul qilishini kutmoqda.

volga (1)_30

Oston O‘runov 2020 yilning boshida Rossiya premer-ligasiga ko‘chib o‘tganidan beri ushbu ligada uchta jamoa safida 45 ta uchrashuvda qatnashib, samarali harakat qayd etmagan. Bundan tashqari, Oston “Spartak” safida Rossiya kubogida bitta o‘yinda maydonga tushib, “Rodina” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgani uning yagona goli sifatida qayd etildi.

O‘runovning asosiy “muammosi” aytildi!

O‘zbekiston terma jamoasiga ikkita gol urgan futbolchini “Real” chaqiryapti

O‘runov “Real”ga borsin, Anchelotti yangi futbolchi qidiryapti!

Shomurodov o‘rniga Ronaldu!

“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

O‘zbek legioneridan boshqasini zo‘r, deb bo‘lmaydi!

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!