
Ana xolos! Nursulton Ro‘ziboev Toshkentda jang qiladi, raqib ma’lum!
Mashhur o‘zbek UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboev professional boksda ham jang o‘tkazmoqchi. U 30 iyul kuni Toshkentda, "Akhmad Fight Promotion" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Ushbu kechada Ro‘ziboevga Gruziyalik Mihail Kutsishvili (32-51-6, 17KO) raqib bo‘ladi.
Nursulton professional boksda bungacha 2 bora jang o‘tkazib, har ikkisida ham g‘alabaga erishgan edi.
30 iyul kungi oqshom Sergelidagi "INDEX" savdo majmuosi auktsion zalida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar