
Ana xolos! "Nasaf"ning biryo‘la olti futbolchisi "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Nasaf" klubi ertaga Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida BAAning "Al-Ayn" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Mazkur to‘qnashuv oldidan SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "ajdarlar" biryo‘la 6 futbolchisi muhim bellashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Sherzod Nasrullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Alibek Davronov, Zoran Marushich, Umid Ergashev va Islom Kenjaboev turli sabablarga ko‘ra bu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Ertangi o‘yinga qarshiliklar o‘zgacha yurish qilishi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar
Ertaga Muhitdinov,G'aybullayev,Golban,Muhammadiyev,Rahmatovlarni ko'rarkanmizda himoyada.
Faqat olg'a Nasafim, Yangi mavsum,yangi Nasaf bilan omadli bo'lsin.