
Ana xolos: Muhammad Saloh top-o‘yinchi emas!
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Pol Ins jamoaning hozirgi to‘purari Muhammad Salohni top-o‘yinchilar qatoriga qo‘shmasligini ta’kidladi.
- Muhammad Saloh top darajadagi to‘purar. Bunga qo‘shilaman. Statistikasi shundan dalolat beradi.
Lekin texnik mahorat va uning tarkibiy qismlari bo‘yicha Saloh top-o‘yinchi, deb bo‘lmaydi. Men to‘pni raqib jamoa maydonchasiga etkazib berishda u yaxshi o‘ynay olmasligini nazarda tutyapman.
Gol urish borasida esa, Muhammad jahon darajasidagi to‘purar, - dedi Pol Ins.
Muhammad Saloh 2017 yilning yozidan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 marotaba maydonga tushib, 23 ta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar