
Ana xolos! Mourino dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanish taklifini rad etdi
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinoga “An-Nasr”ni boshqarish taklifi bildirilgan. AS nashri xabariga ko‘ra, 60 yoshli mutaxassisga ikki mavsum uchun 100 million evrolik shartnoma taklif qilingan. Aytish kerakki, bu portugaliyalik mutaxassisga dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanish imkonini beradi.
Biroq nashrning yozishicha, Mourino bor e’tiborini "Roma"dagi faoliyatiga qaratgani va klubda ishlashni davom ettirish niyatida ekanini aniq aytgan.
Oldinroq "An-Nasr" Rudi Garsiyani iste’foga chiqarmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Chunki jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu ushbu mutaxassisning ishidan norozi. Uning fikricha, "An-Nasr" yuqori saviyada o‘ynay oladi va sovrinlar uchun kurasha oladi.
Fikrlar