
Ana xolos! Messi yangi mavsumni A Seriya grandida boshlashi mumkin
PSJ hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Serxio Gonsalesning xabar berishicha, argentinalik yulduzning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqmoqda.
“Neradzurrilar” ushbu yozda etti karra Oltin to‘p sohibini tekinga qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishadi. PSJ bilan shartnomasi tugaydigan Messining o‘zi ushbu transferga qanchalik qiziqish bildirishi hozircha noma’lum.
Kataloniyaning "Barselona" klubi ham Messining qaytishidan manfaatdor, ammo maosh bilan bog‘liq katta muammolar tufayli "ko‘k-anorranglilar"ning kelishuvga erishish imkoniyati kam.
Bundan avvalroq, Messi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar