
Ana xolos! Messi “Barsa”ga yangi bosh murabbiy olib kelyapti
“Barselona” sardori Lionel Messi yaqin kunlar ichida “As-Sadd” bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan uchrashadigan bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda argentinalik hujumchi sobiq jamoadoshi bilan uning Kataloniyaga qaytib, “Barselona”ni boshqarishi bo‘yicha muzokara olib boradi.
Avvalroq, 40 yoshli Xavining o‘zi ham “Barselona”ni boshqarish istagini bildirgan edi. Hatto, “Barsa” prezidenti Bartomeu ertami, kechsi Xavi jamoa boshqaruviga kelishini ta’kidladi.
Hozirgi bosh murabbiy Kike Seten esa La Liga chempionligi uchun kurashda “Real” bilan raqobatlasha olmadi.
Fikrlar