
Ana xolos. Messi “Barsa”da qolsa, boshqa yulduzlar ketadi!
Lionel Messining “Barselona” bilan yangi shartnomaga imzo chekishi jamoaning boshqa yulduzlarini ishsiz qoldiradi. Argentinalik hujumchi kelishuvni imzolasa, klub rahbariyati maosh fondini 200 million evrogacha qisqartirishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Lionel Messining klubdan oladigan maoshi qo‘shib hisoblanganda umumiy maosh fondi klub daromadlarining 110 foizini qamrab oladi. Biroq, moliyaviy feyr-pley talabiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 70 foizdan oshmasligi shart.
“Barselona” buni ta’minlash uchun maosh fondini 200 million evrogacha qisqartirishi talab etiladi. Klub bunga katta maosh oladigan boshqa yulduzlarni kam mablag‘ olishga ko‘ndirish, buni istamaganlarni sotib yuborish orqali erishmoqchi.
So‘nggi ma’lumotlarda Lionel Messi “Barselona” bilan yangi shartnoma shartlarini to‘liq kelishib bo‘lgan.
Fikrlar