Ana xolos: Mbappe endi Frantsiya terma jamoasida o‘ynamoqchi emas!

  • 9 noyabr, 2024, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasida o‘ynashni istamayapti. Bunga bosh murabbiy Dide Desham bilan munosabatlarning buzilgani sabab bo‘lishi mumkin, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Romena Molina.

Tecno

Bundan bir necha kun avval Dide Desham noyabr oyidagi uchrashuvlarga terma jamoa tarkibini e’lon qilgan va unga Kilian Mbappeni kiritmagan edi. Bosh murabbiy bu qarorini Mbappe bilan suhbatlashgani, Kilian terma jamoaga kelishni istagani, biroq sport formasini tiklab olishi uchun unga vaqt bergani bilan izohlagan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, 25 yoshli hujumchining terma jamoada yo‘qligi bosh murabbiyning emas, balki Mbappening tashabbusidir.

Keyingi paytda Dide Desham va Kilian Mbappe o‘rtasida ziddiyat borligi aytilmoqda.

Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasining eng zo‘r to‘purarlaridan hisoblanadi. U yosh bo‘lishiga qaramay, xalqaro miqyosda 86 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!