Ana xolos! Mashhur murabbiy “Real”ni boshqarish uchun ispanchani o‘rgana boshladi

  • 12 mart, 2023, 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va “Chelsi”dagi faoliyati bilan top-murabbiylar qatoriga qo‘shilgan Tomas Tuxel “Real”ni boshqarishni rejalashtiryapti.

Tecno

Taniqli jurnalist Hari Jeykobning ma’lum qilishicha, germaniyalik mutaxassis ishsiz yurganidan foydalanib, ispan tilini o‘rganishga bel bog‘ladi.

“Real” rahbariyatining hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan kelishmovchiligi tobora kuchayib bormoqda. Klub yozda italiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishi mumkin.

Madridliklar bosh murabbiylik kursisiga bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqyapti. Ular orasida klub afsonasi Raul Gonsalesning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!