Ana xolos! Maradona qasddan o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

  • 23 iyun, 2022, 16:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinada jahon futboli afsonasi Diego Maradonaning hayotini saqlab qolishga uringan sakkiz shifokor ustidan sud boshlanadi.

Tecno

Deutsche Welle xabariga ko‘ra, ularning barchasi bilvosita qasddan qotillik qilishda gumonlanmoqda.

Xabaringiz bor, Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan edi.

O‘limidan uch hafta oldin afsonaviy futbolchi kamqonlik va suvsizlanish belgilari bilan Buenos-Ayresdagi klinikaga yotqizilgan. U erda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, shifoxonadan chiqarilgan.

Keyinchalik o‘lim sababi o‘tkir yurak etishmovchiligi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ekspert komissiyasi esa argentinalik futbol yulduziga miyadagi subdural gematomani olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tegishli yordam ko‘rsatilmaganini aniqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!