Ana xolos: “Manchester Yunayted” Amorimni haydamoqchi

  • 20 fevral, 15:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sporting”dan katta umidlar bilan olib kelingan Ruben Amorim “Manchester Yunayted” kutgan mahoratli murabbiy bo‘lib chiqmadi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis klubga kelganida bir necha oy bo‘lganiga qaramay, ichki muhitni to‘g‘rilay olgani yo‘q. Aksincha, u ham jamoa yulduzlari bilan ziddiyatga bordi. Xususan, klubning asosiy yulduzi Markus Reshfordning jamoani tark etishi aynan uning tashabbusi hisoblanadi.

Aksiga olib, jamoa o‘yinida ijobiy o‘chish bo‘lgani yo‘q. “Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida quyiga sho‘ng‘ishda davom etmoqda.

Klub xo‘jayinlari Amorimga mavsum oxirigacha imkoniyat berishga qaror qilgan. Shu bilan birga mutasaddilari uning o‘rniga bosh murabbiylikka nomzodlar tanlashni boshlab yubordi.

Manchesterliklarga jamoani yana Evropa futboli elitasiga qaytaradigan mutaxassis kerak. Nomzodlar orasida Zinedin Zidan va Maurisio Pochettino variantlari borligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!