Ana xolos: “Manchester Siti” Fodendan voz kechishga tayyor

  • 20 fevral, 12:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qila boshladi. Transer faolligi yozda ham pasaymaydi.

Tecno

Xosep Gvardiola jamoasiga bir necha futbolchi olib kelishni mo‘ljallayapti. Shu bilan birga chiqish transferlari ham bo‘ladi.

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” eng yorqin yulduzlaridan Fil Fodenni qo‘yib yuborishga tayyor. Bu transfer g‘aznaga katta pul tushirish maqsadida amalga oshiriladi.

Football 365 nashri  Fodenga “Real” va “Bavariya” jiddiy qiziqish bildirayotgarini yozmoqda. Bu transfer da’vogar klublarga kamida 150 million evroga tushadi.

“Siti” bu o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘nayotgani bejiz emas. 2023-2024 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasining eng zo‘r futbolchisi, deb e’tirof etilgan Foden o‘yini pasayish kuzatilmoqda. Bu vaziyatda muhitni o‘zgartirish o‘yinchining o‘ziga ham foydali hisoblanadi.

Xosep Gvardiola hozirning o‘zida hujumkor futbolchi pozitsiyasiga Italiya va Ispaniya chempionatlaridan bir necha nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!