Ana xolos! "Liverpul" Koutinoni yana ortga qaytarmoqchi

  • 21 iyun, 2019, 13:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" xavbeki Filippe Koutino yana "Liverpul"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar "Chelsi" va "Manchester Yunayted" bilan bir qatorda 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun kurash olib borishmoqchi. Aytish kerakki, Koutinoning o‘zi “ko‘k-anor ranglilar” safidan ketishni xohlamoqda.  

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida aynan “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi. U 2013-2018 yillar orasida mersisaydliklar safida 201ta o‘yinda maydonga tushib, 54ta gol hamda 45ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!