Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

  • 2 iyul, 2022, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

BATE rahbariyati jamoaning eng kuchli futbolchilaridan biri – Shahboz Umarovni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishga qaror qilgan. Legionerimiz sog‘lom va yaxshi sport formasida bo‘lishiga qaramay, bu mavsum umuman qaydnomaga ham kiritilmagan.

Tecno

shaxboz

23 yoshli hujumkor futbolchimiz borisovliklar bosh murabbiyi Aleksandr Mixaylov bilan yuzaga kelgan mojaro oqibatida yarim mavsumdan beri o‘yin amaliyotisiz qolmoqda.

Aslida BATE rahbariyati Belarus chempionatida 2020 yildan beri to‘p tepayotgan o‘zbek futbolchisini ushbu mamlakat futboli uchun katta summa – 600-700 ming evroga sotib yuborishni ko‘zlagan edi. Buning uchun esa Umarov joriy mavsumning birinchi yarmida, ya’ni yozgacha o‘z salohiyatini namoyish etishi kutilgandi.

Umarovning zaxiraga mixlab qo‘yilishi BATE byudjetiga ham ziyon etkazmoqda.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Shahboz Umarov AGMKda o‘ynab yurgan kezlari transfer summasi 25 mingdan 150 ming evrogacha ko‘tarilgan. Shundan beri o‘yinchining mahorati, salohiyati va tajribasi kabi narxi ham oshib bordi.

2020 yilning  15 fevralida erkin agent sifatida “Energetik-BGU” bilan shartnoma imzolagan hujumkor futbolchining narxi https://www.transfermarkt.world portalida 150 ming evroga baholangan edi.

Minskliklar tarkibidagi ishonchli o‘yinlari orqali BATE mutasaddilari nazariga tushgan o‘zbek futbolchisi yarim mavsumdan keyin ushbu klub bilan shartnoma imzoladi. Belarus futbolining eng qudratli jamoalaridan hisoblangan borisovliklar bu transferga 18 ming evro to‘ladi.

2021 yilgi mavsumda Shahboz Umarov 27 ta uchrashuvda oltita gol va sakkizta assist qayd etib, BATEning muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynadi. Shunga yarasha uning transfer narxi ham muntazam o‘sib kelayotgan edi. Joriy yil avvalida bu ko‘rsatkich 500 ming evroga etdi.

Klub rahbariyati uni yozgacha o‘ynatib, kattaroq summaga sotishni ko‘zlagandi. Lekin bosh murabbiy qarori bilan o‘yinga qo‘shilmayotgan futbolchimizning narxi keskin pasaya boshladi. Bir necha kun oldin   https://www.transfermarkt.world portalida qayd etilgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Umarovning narxi 100 ming evroga arzonlab, ayni paytda 400 ming evroni tashkil qilyapti.

Umarovning o‘zi va agentlari ham yangi jamoa qidiryapti. Shahbozga Qozog‘iston premer-ligasi vakili “Aktobe”dan chorlov bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, BATE klubi talab qilgan badal puli va futbolchining agentlari so‘rayotgan mablag‘ “Aktobe” vakillariga og‘irlik qilgan va qozoq klubi Umarov transferidan voz kechishni ma’qul ko‘rdi.

BATE yozgi transferlar mavsumi yakunlangunga qadar hamyurtimiz bo‘yicha yangi takliflarni kutadi. Chorlov asosan kuchliroq ligalardan bo‘lishi aytilmoqda. Chunki Belarus chempionatida Shahboz Umarov singari yuqori saviyali va nomdor o‘yinchiga munosib maosh to‘lashga qodir bo‘lgan jamoaning o‘zi yo‘q.

01F05495-942C-41FC-A6BB-06638854D63A-820x420

Umarovning amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni tugaydi. Agar hamyurtimizga yangi klub topilmasa, u bir yil o‘yin amaliyotisiz, BATE esa ko‘zlangan daromadsiz qolib ketadi.

Bu klub Shomurodovdan voz kechgani yo‘q!

O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!

Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ганишер
01/07/2022 19:12
Бунга сабабчи ва айбдор, албатта Александр Михайлов.