
Ana xolos! Laporta umuman boshqacha gap aytdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Frenki De Yong borasidagi rejalari haqida gapirdi.
"Frenki - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Unga faqat "Manchester Yunayted" qiziqmayapti. Biz ham uni sotish haqida o‘ylamayapmiz. Futbolchining o‘zi ham qolishni istaydi.
Imkoniyatlarimiz cheklangan bo‘lsa-da, uni jamoada saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilamiz. Yana bir masala ayrim futbolchilarning maoshi. Bu rahbariyatning talabiga mos kelmaydi. Ushbu masalani tezroq hal qilish kerak", - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.
Fikrlar