
Ana xolos! Klopp Robertson va Xendersonni markaziy himoyada o‘ynatmoqchi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa markaziy himoyasida yuzaga kelgan muammolarni qay tarzda hal qilmoqchi ekanini aytib o‘tdi:
"Bizda ushbu pozitsiyada muammolar borligini oldin ham aytganman. O‘shanda bu masalaga jiddiy e’tibor bermagandik. Bizda Net Filipsdan foydalanish varianti bor. Netni yozgi transferlar oynasi vaqtida juda ko‘p klublar so‘ragandi, ammo biz uni jamoamizda saqlab qolishga qaror qilgandik. Hozirgi vaziyat u uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, bizda Milner, Veynaldum, Xenderson yoki Robertsonni markazda o‘ynatish g‘oyalari ham mavjud. Vaziyatga qarab ish tutamiz", - dedi nemis mutaxassisi.
Ayni vaqtda mersisaydliklar tarkibida ushbu pozitsiyada harakat qila oluvchi 3 ta futbolchi: Van Deyk, Matip va Fabino jarohat olib, safdan chiqqan.
Fikrlar