Ana xolos! Kasilyas yurak xurujini boshdan kechirdi

  • 1 may, 2019, 20:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" klubi darvozaboni Iker Kasilyas yurak xurujidan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 37 yoshli ispaniyalik posbon jamoaning ertalabki mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘zini nohush his qila boshlagan. Shundan so‘ng u shifoxonaga olib borilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda ayni damda Kasilyasning holati barqaror ekanligi aytilmoqda. Biroq, u katta ehtimol bilan bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Kasilyas joriy mavsum “Portu” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 18tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!