
Ana xolos! Jamoasining mag‘lubiyatiga chidolmagan muxlis o‘z joniga qasd qildi
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi muxlisi jamoaningn mag‘lubiyati tufayli o‘z joniga qasd qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Boka Xuniors” Libertadores kubogi finalida Braziliyaning “Fluminense” klubiga ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
O‘yindan so‘ng “Boka” muxlisi, 23 yoshli politsiyachi Marselo Morales o‘z joniga qasd qildi. Muxlisning onasi o‘g‘lining sevimli klubi mag‘lubiyati tufayli shunday qilganini tasdiqladi.
«Agar “Boka” yutqazsa, u o‘zini yomon his qilardi, xafa bo‘lardi. Uning aytishicha, "Boka" o‘g‘lining hayotidagi eng muhim narsa edi. Shu sababli u o‘z joniga qasd qilgan.
O‘g‘limning o‘z joniga qasd qilish darajasigacha etib boradi deb o‘ylamagandim. Bir necha hafta oldin u otasiga: "Agar “Boka” 4 noyabrda g‘alaba qozonmasa, o‘zimni o‘ldiraman", dedi. Biz uni hazillashyapti deb o‘ylagandik.
Yoshlar buni anglab etsin, oilalarini o‘ylasin”, — dedi muxlisning onasi Crónica TV ga bergan intervyusida.
Fikrlar