
Ana xolos! Jahon chempioni klubidan haydalishi mumkin
"Aston Villa" ustozi Unai Emeri Emiliano Martinesni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti.
"Football Insider" nashri bergan xabarga ko‘ra, Emeri va Martines o‘rtasidagi kelishmovchilik "Arsenal"da boshlangan. Bundan tashqari, birmingemliklar ustozi Argentina JCh-2022'da g‘alaba qozonganidan so‘ng darvozabon qilgan xatti-harakatlarni nomaqbul deb hisobladi.
Emeri uni jamoasida ko‘rishni istamaydi. Murabbiy uning o‘rniga "Sevilya" posboni Yassin Bununi asosiy da’vogar sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etish lozim, argentinalik kiperning klubi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar