
Ana xolos! Hakam "Surxon" klubi direktori etib tayinlandi. Unga jamoa nufuzini yanada ko‘tarish, yosh iqtidorlarga e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi
«Surxon» futbol klubiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan, faoliyatining asosiy qismini hakamlik bilan o‘tkazgan Hasan Ro‘ziev klub direktori etib tayinlandi.
Hasan Ro‘ziev zimmasiga «Surxon» jamoasi nufuzini yanada ko‘tarish, yosh iqtidorlarga e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, Hasan Ro‘ziev bu yildan futboldagi hakamlik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar