Ana xolos: Gvardiola yozda “Manchester Siti”dan ketishi kutilyapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlangach, klubdan ketish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.
Nufuzli manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha ispaniyalik mutaxassisning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Gvardiola va uning shtabi klubga munosib voris topishda yordam berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Gvardiola 2016 yildan beri “shaharliklar”ni boshqarib kelmoqda. Aynan ispaniyalik mutaxassis ishlayotgan yillar klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davr hisoblanadi.
“Manchester Siti”ni olti karra Angliya chempioniga aylantirgan Xosep Gvardiolaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.



Fikrlar