Ana xolos! FIFA jahon chempionlariga nisbatan ish ochdi

  • 14 yanvar, 2023, 07:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA JCh-2022'dan so‘ng Argentina va Xorvatiya terma jamoalariga nisbatan intizomiy ish ochdi. 

FIFA Argentinaga qarshi ishni finaldagi g‘alabadan so‘ng intizom kodeksining ikki moddasi, aniqrog‘i, tajovuzkor xatti-harakatlar va halol o‘yin tamoyillarini buzilganligi sababli ochdi. Shuningdek, futbolchilar hamda rasmiylarning nomaqbul harakatlari ham inobatga olingan. 

Bundan tashqari, janubiy amerikaliklar jahon chempionati reglamentiga, shuningdek, media va marketingga oid qoidalar bilan bog‘liq bo‘lgan modda bo‘yicha ham jazolanishi mumkin. 

Xorvatiyaga qarshi ish termaning Marokashga qarshi bronza medallari uchun o‘tgan o‘yinda FIFA tartib-intizom kodeksining 13 (Diskriminatsiya) va 16 (O‘yin vaqtidagi tartib hamda xavfsizlik)  moddalari buzilganligi sababli ochilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!