
Ana xolos! Eto'O kelishilgan o‘yinlarni tashkillashtirishda gumonlanmoqda
Internet tarmog‘ida Kamerun futbol federatsiyasi rahbari Samuel Eto'O va Kamerun klublaridan birining prezidenti o‘rtasidagi suhbatning audioyozuvi paydo bo‘ldi.
OAV xabariga ko‘ra, unda Eto'O ikkinchi divizioni vakili hisoblangan “Viktoriya Yunayted” jamoasi prezidentiga klub birinchi divizionga chiqishi kerakligini aytadi. Suhbatdan parcha matn shaklida chop etildi.
“Bizning maqsadimiz – “Viktoriya Yunayted”ni yuqoriga ko‘tarish. Biz to‘rt kishimiz, klub yuqorida bo‘ladi”, - deya Eto'O ning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sports News Africa.
"Real", "Barselona" va "Inter" kabi mashhur klublarning 42 yoshli sobiq futbolchisi 2021 yilning dekabr oyidan buyon Kamerun federatsiyasini boshqarib kelmoqda.
Fikrlar