
Ana xolos! Endi "Barselona" futbolchilari katta maosh olmaydi, chunki...
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubiga yangi moliyaviy cheklovlar joriy qildi, deb xabar bermoqda AS.
Manbaning yozishicha, klub futbolchilar uchun maosh miqdorini belgilab qo‘ygan. Unga ko‘ra, endi “Barselona”da eng yuqori maosh 10 million evrodan oshmasligi kerak.
Laporta bunday qoida joriy etilganidan keyin klubda maoshni sezilarli darajada qisqartirishiga umid qilmoqda.
E’tiborlisi, “Barselona” aynan yangi cheklov tufayli himoyachi Antonio Ryudiger va hujumchi Muhammad Salohni jamoaga taklif qila olmadi.
Ushbu cheklov klubning hozirgi o‘yinchilariga ham taalluqli bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar