Ana xolos! Dibala, Bonuchchi, Artur va yana bir qancha futbolchilar "Yuventus"da qalloblik qilgan bo‘lishi mumkin

  • 25 yanvar, 2023, 15:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" safida o‘ynagan va o‘ynab kelayotgan bir necha futbolchi maosh borasida firibgarlik qilgani uchun 1 oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar berdi. 

Tecno

Italiya futbol federatsiyasi maosh bo‘yicha Turin klubining qallobliklar amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda. Federatsiya qoidalarini buzgan holda klubdan tovon puli yoki mukofot puli olgan futbolchilar nomi ham ma’lum bo‘lgani aytilmoqda.

Unga ko‘ra, ro‘yxatdan hozirda "Roma"da to‘p tepayotgan Paulo Dibala, ayni damda "Liverpul" vakili Artur va "Toronto" a’zosi Federiko Bernardeski o‘rin olgan. Shuningdek, "Yuventus" futbolchilari Adrien Rabo, Voytsex Shchensni, Leonardo Bonuchchi, Xuan Kuadrado, Ueston Makkenni ham bu ro‘yxatda borligi qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 20 yanvar sanasida turinliklardan 15 ochko olib tashlangan edi. Bunga sabab sifatida klub futbolchilarning transfer narxini oshirib ko‘rsatganlikda, shuningdek, xodimlarning narxini kamaytirganlikda va futbolchilarning maoshining haqiqiy hajmini yashirganlikda ayblangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!